Radiochastotalardan foydalanish ko‘lami kengaymoqda
Toshkentda MDH va Boltiqbo‘yi mamlakatlari uchun “Radiochastota spektri va yo‘ldoshli orbitalardan foydalanishni xalqaro miqyosda boshqarish” mavzuida qo‘shma seminar boshlandi. Tadbir O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi, Xalqaro elektraloqa ittifoqi tomonidan Aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik tashkiloti hamkorligida tashkil etildi.




AKT: o‘zbek tilidagi yangi lug‘at
Aloqa tarixi muzeyida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari atamalari lug‘atining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.






2007 yilning eng kuchli kompyuteri
2007 yilda bo'lib o'tgan hodisalarni eslab har birimiz eng yorqin holatlarni esga olamiz. Kimdir o'z kompyuteri apgreydini qildi, kimdir faqat videokartani almashtirdi, kimdir shunchaki xotirasini kengaytirdi, eng baxtlilar esa o'z kompyuterlarini yanada zamonaviysiga almashtirdilar. O'tgan 2007 yil eng qudratli shaxsiy kompyuter qandayligiga yodimizda qolishi qiziqarli, qanday eng yaxshisini yig'ish mumkin edi, mana shundan boshlaymiz.




Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar kompleksining 2007 yildagi rivojlanish yakunlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksining 2007 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi.




Birinchi milliy operatsiya tizimi
O‘zbekiston yosh dasturchilari birinchi milliy operatsiya tizimini ishlab chiqdi.





Banerimizni o`zingizda joylashtiring, o`zingiznikini bizga jo`nating
KMalisheva@mf.uz

Ìû çäåñü!














Bosmaga chiqarish




Ilmiy-innovatsion faoliyatni modellashtirish usullari

Respublikamizda jamiyatni demokratlashtirish va mamlakatni modernizatsiyalash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar oliy ta'lim xizmatlari samaradorligini oshirish, ta'lim tizimidagi qonuniyatlarni tadqiq etish, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning amalga oshishini baholab borish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bozor munosabatlariga o‘tish davrida davlatni ta'lim siyosatining mohiyati respublika mutaxassislariga bo‘lgan ichki talabni qondiradigan, jahonda raqobatbardosh bo‘la oladigan, iqtisodiyot tarmoqlarining tubdan yangilanishiga imkon beradigan kadrlar tayyorlashga ko‘maklashishdir.

pic
Hozirgi davrda respublikamizda 65 ta oliy ta'lim muassasasi, 10 ta oliy ta'lim muassasalarining filiallari faoliyat yuritmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek, "O‘zbekiston innovatsion rivojlanish turining hozirgi zamon modeliga o‘tish uchun barcha zarur sharoitlarga ega. Bu model vujudga keltirilgan ilmiy-texnikaviy salohiyatdan keng va samarali foydalanishga, fundamental va amaliy fanning yutuqlarini, chuqur ilm talab qiladigan texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etishga, yuqori malakali, iqtidorli ilmiy kadrlar sonini ko‘paytirishga asoslanadi" (Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. - T.: O‘zbekiston, 2005 yil). Bunday vaziyatda oliy ta'lim muassasalari tomonidan amalga oshirilayotgan ta’lim tizimi xizmatlarining hamda ilmiy-innovatsion faoliyatning joriy holatini o‘rganib borish, baholash va nazorat qilishning milliy tizimlarini sifat jihatidan yanada takomillashtirishga intilish tabiiydir.

Bu sohadagi dolzarb muammolar jumlasiga quyidagilarni kiritgan bo‘lardik: respublikamiz oliy ta'lim muassasalarini davlat attestatsiyasidan o‘tkazish tizimining ayni vaqtdagi holati va istiqbollarini aniqlash, oliy o‘quv yurtlarida amalga oshirilayotgan ilmiy-innovatsion faoliyatni monitoring qilish va sifatini nazorat qilib borish va hokazo.

Bizningcha, alohida e'tiborga molik asosiy muammo bu oliy ta'lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ilmiy-innovatsion faoliyatning sifatini oshirish hamda mazkur jarayonlarni nazorat qilib borishdan iboratdir. Bu muammoning yechimi topilsa, qolgan barcha muammolarni hal etish nisbatan yengil kechadi. Oliy ta'lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ilmiy-innovatsion faoliyatning sifatini baholamoq uchun eng avvalo, mazkur jarayonlarning aniq parametrlarini belgilab olish kerak bo‘ladi. Biron-bir jarayon yoki faoliyatning sifatini miqdor ko‘rsatkichlaridan foydalanmasdan turib ifodalab bo‘lmaydi. Qolaversa, sifatni baholash bilan bog‘liq har qanday iqtisodiy muammo o‘z mohiyat negiziga ko‘ra kuzatilayotgan obyektni miqdor ko‘rsatkichlari vositasida tavsiflashni taqozo etadi. O‘ylashimizcha, aynan shuning uchun biron-bir jarayon yoki faoliyatning sifatini baholash iqtisodiyot fanining eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolgan.

Shu o‘rinda bir narsani ta'kidlab o‘tmoqchimizki, hozirgi paytlarda juda keng ko‘lamlarda kvalimetriyadan foydalanilishiga qaramasdan, biron-bir jarayon yoki faoliyat sifatini baholashning mukammal nazariy ta'limoti yaratilmagan. Kvalimetriya nazariyasini hali maromiga yetkazish, uni har tomonlama rivojlantirish va takomillashtirish zarur.

Masalaning mohiyat negiziga nazar soladigan bo‘lsak, e'tirof etishimizga to‘g‘ri keladiki, kvalimetriya kuzatilayotgan obyekt, predmet yoki hodisaning mazmun-mohiyatini to‘liq ochib bermasdan, faqatgina uning asosiy sifat jihatlarini ta'riflab beradi, xolos. Kvalimetriya bizga kuzatilayotgan obyekt, predmet yoki hodisaning mazmun-mohiyatini matematik yoki statistik nuqtai nazardan fahmlab olishga imkon berolmaydi. Kvalimetriya hech qanday metrik o‘lchov va matematik hisoblash apparatlariga ega emas. Shuning uchun ham uning yordamida kuzatilayotgan obyekt, predmet yoki hodisaning turli xil sifat belgilarini o‘rganish asosida predmetning mazmun-mohiyatini anglab yetolmaymiz.

Nima bo‘lganida ham kuzatilayotgan obyekt, predmet yoki hodisaning turli xil sifat belgilarini baholash prinsiplari va bu masalaga nisbatan yondashuvlar qanday bo‘lishi lozim, degan masala ustida barcha tadqiqotchi - olimlarimiz bosh qotirishiga to‘g‘ri keladi.

Ilmiy jihatdan belgilab berilgan ushbu muammoning muhim jihatlaridan biri bu kuzatilayotgan obyekt, predmet yoki hodisaning sifat darajasini matematik yoki statistik nuqtai nazardan qanday baholash mumkinligini aniqlashda, deb hisoblaymiz.


muallif:To'lqin Teshaboyev

Ma'lumot manba'i: infocom.uz




 Kiritildi: 2008-02-26 16:35:00 |  Toifa:   Xar-xil
 O`qidilar: 616

Yangiliklar arxivi
Yangiliklar reytingi





Ismingiz

Parol



Sentyabr 2010
Yak Du Se Ch Pay Sh Jm
      1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30    



Hozirgi paytda bo`sh ish o`rinlari mavjud emas









AXIOM.UZ
powered by FreeBSD

powered by Apache

 

  Ramblers Top100   ßíäåêñ öèòèðîâàíèÿ

(c) crc32 -1255038726 .