Radiochastotalardan foydalanish ko‘lami kengaymoqda
Toshkentda MDH va Boltiqbo‘yi mamlakatlari uchun “Radiochastota spektri va yo‘ldoshli orbitalardan foydalanishni xalqaro miqyosda boshqarish” mavzuida qo‘shma seminar boshlandi. Tadbir O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi, Xalqaro elektraloqa ittifoqi tomonidan Aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik tashkiloti hamkorligida tashkil etildi.




AKT: o‘zbek tilidagi yangi lug‘at
Aloqa tarixi muzeyida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari atamalari lug‘atining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.






2007 yilning eng kuchli kompyuteri
2007 yilda bo'lib o'tgan hodisalarni eslab har birimiz eng yorqin holatlarni esga olamiz. Kimdir o'z kompyuteri apgreydini qildi, kimdir faqat videokartani almashtirdi, kimdir shunchaki xotirasini kengaytirdi, eng baxtlilar esa o'z kompyuterlarini yanada zamonaviysiga almashtirdilar. O'tgan 2007 yil eng qudratli shaxsiy kompyuter qandayligiga yodimizda qolishi qiziqarli, qanday eng yaxshisini yig'ish mumkin edi, mana shundan boshlaymiz.




Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar kompleksining 2007 yildagi rivojlanish yakunlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksining 2007 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi.




Birinchi milliy operatsiya tizimi
O‘zbekiston yosh dasturchilari birinchi milliy operatsiya tizimini ishlab chiqdi.





Banerimizni o`zingizda joylashtiring, o`zingiznikini bizga jo`nating
KMalisheva@mf.uz

Ìû çäåñü!














Bosmaga chiqarish




Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar kompleksining 2007 yildagi rivojlanish yakunlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksining 2007 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 12 fevralda o‘tgan majlisidagi “Demokratik huquqiy davlat, erkin iqtisodiyot talablarini to‘liq joriy etish, fuqarolik jamiyati asoslarini qurish – farovon hayotimiz garovidir” ma’ruzasida va ushbu yig‘ilish bayonida belgilangan vazifalarning ijrosi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Bunda Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar kompleksi sohalarining 2007 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining vazirlik va idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida tatbiq etilishining ahvoli, kompleks tarkibiga kiruvchi idora va tashkilotlar tomonidan 2008 yilning birinchi choragi prognoz ko‘rsatkichlarini bajarish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.
Hisobot davrida soha korxonalari tomonidan ishlab chiqarish hajmlari o‘sish sur’atlarini ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, normativ-huquqiy asoslarni takomillashtirish, ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va erkinlashtirish, korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, moliyaviy va ijro intizomini kuchaytirish, xizmatlar turlarini ko‘paytirish, telekommunikatsiya tarmoqlari va axborotlashtirish tizimlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish yo‘nalishida amaliy ishlar olib borildi.
2007 yil natijalari bo‘yicha Kompleks tarkibiga kiruvchi sohalar tomonidan 906,49 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi va xizmatlar ko‘rsatildi, 2006 yilning shu davridagiga nisbatan 145,4 foizga o‘sishga erishildi.
Yillik eksport rejasi ortig‘i bilan, ya’ni 120 foiz bajarildi. Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar bo‘yicha 284,01 milliard so‘m (218,47 million AQSH dollari) o‘zlashtirilib, yillik reja 163,5 foizga uddalandi. Bunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilingan chet el investitsiyalari ulushi 94,4 foizni, ya’ni 206,3 million AQSH dollarini tashkil qildi.
Vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishini yanada chuqurlashtirish, Internet tarmog‘ida axborot resurslarini ko‘paytirishni ta’minlash, elektron hujjat aylanishini keng yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida ahamiyat berish lozimligi qayd etildi.
Yig‘ilishda mamlakatimizda mualliflik huquqlari va intellektual mulkni himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil etilib, kelgusida bu yo‘nalishda me’yoriy-huquqiy bazani yanada mustahkamlashga, amaldagi qonunchilik talablari bajarilishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.
Shu bilan birga, ustuvor davlat dasturlarining bajarilishini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash, Kompleks tarkibidagi idoralar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish, xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Ma'lumot manba'i:   uza.uz


 Kiritildi: 2008-01-15 17:04:00 |  Toifa:   Karashlar
 O`qidilar: 1551

Yangiliklar arxivi
Yangiliklar reytingi





Ismingiz

Parol



Sentyabr 2010
Yak Du Se Ch Pay Sh Jm
      1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30    



Hozirgi paytda bo`sh ish o`rinlari mavjud emas









AXIOM.UZ
powered by FreeBSD

powered by Apache

 

  Ramblers Top100   ßíäåêñ öèòèðîâàíèÿ

(c) crc32 -1255038726 .