
|
|
|


"Mydoom" muallifining yangi harakati: "Doomjuice" virusi o’z izlarini yo`qotib Microsoft korporatsiyasiga xavf-xatar tug’dirmoqda
Rosssiyaning virus va xakerlarga qarshi tizimlarni ishlab chiqaruvchi “Kasperskiy laboratoriyasi” deb nomlangan etakchi firmasi xabar qilishicha internet tarmog’ida yangi xavfli "Doomjuice" virusi paydo bo’ldi .
2004 yil 9 fevralda kompaniya ekspertlari tomonidan topigan ushbu virus dunyoning 100 000 dan ortiq kompyuterlarga yuqtirilgan bo’lib, tarqalish tezligini oshirib bormoqda. “Kaspersliy laboratoriysi” mutaxassislari fikricha bu virus - "Mydoom" muallifi tomonidan yozilgan va uni izlarini yoqotish uchun ishlab chiqilgan. Bundan tashqari yangi virus Microsoft kompaniyasinig veb saytlariga hujum uyishtirishtirmoqda, buning uchun "Mydoom.a".virusi yuqtirilgan kompyuterlar ihslatiladi.
Virusning tarqatilish tezligi oshib borishining sababi "Doomjuice" ning o’zidan o’zi ko’payishidir. Bu virus global tarmoqda "I-Worm.Mydoom" yuqtirilgan kompyuterlar orqali tarqalmoqda.
Kiritildi: 2004-02-14 18:24:02 | Toifa: Xavfsizlik
O`qidilar: 2780
Yangiliklar arxivi Yangiliklar reytingi
 | |
|
|